AQŞning Arkanzas ştatida muzlatilgan pitssalar olib ketayotgan yuk maşinasi iştirokida noodatiy yöl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda The Telegraph naşri xabar bermoqda.
YTH oqibatida yuk maşinasidan yuzlab pitssalar yölning qatnov qismiga ağdarilgan va 4 soat davomida harakatning töxtaşiga olib kelgan.
“Yuk maşinasi köprik ustuniga tegib ketgan. Oqibatda muzlatilgan pitssalarni olib ketayotgan yuk maşinasi tirkamasi kesilib ketgan va undan Arkanzas yer usti transporti boşqarmasi binosi qarşisidagi yölga pitssalar ağdarilgan”, deb aytilgan xabarda.
Boşqarma vakili Denni Stresslning aytişiça, YTH oqibatida heç kim jabrlanmagan. Yölni pitssalardan tozalaş uçun esa 4 soat talab qilingan. Ta'kidlanişiça, voqea yuz bergan trassa Dallas va Memfisdan ğarb tomondagi hududlarni, Tennesi va boşqa köplab joylarni boğlovçi asosiy yölning bir qismi bölgan. Şu sabab voqea oqibatida katta tirbandlik yuzaga kelgan.













