Prezidentning 2017 yil 5 iyuldagi «Yoşlarga oid davlat siyosati samaradorligini oşiriş va Özbekiston yoşlar ittifoqi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida»gi PF-5106-sonli farmoniga muvofiq, joriy yilning 14–15 avgust kunlari Şahrisabz şahrida «Özbekiston Respublikasida içki turizmni rivojlantiriş istiqbollari va unda yoşlarning örni» mavzusidagi Forum taşkil etiladi.
Uşbu Forum işida turizm sohasi böyiça ixtisoslaşgan ilmiy xodimlar va malakali öqituvçilar, madaniy meros va muzey sohasidagi tajribali mutaxassislar, turoperatorlar, gidlar hamda talabalar iştirok etadi, — deb xabar berdi Kun.uzga Özbekiston yoşlar ittifoqi Qaşqadaryo viloyat Kengaşi bölim mudiri Ahror Sodiqov.
— Forumni taşkil etişdan maqsad — Özbekistonda yoşlar turizmini rivojlantiriş, tuman va şaharlarning turistik salohiyati, joylardagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tarğib qiliş, madaniy-tarixiy turizm, ekoturizm, ekstremal turizm, sarguzaşt turizm, ta'lim turizmi, sport turizmi kabi sayohat dasturlari yaratgan holda yoşlarni mamlakatimizning tarixiy joylariga, uluğ avliyo va buyuk ajdodlarimizning muqaddas ziyoratgohlariga yoşlar taşriflarini uyuştiriş hamda ularda milliy an'ana va qadriyatlarga hurmat ruhini kuçaytiriş, tuman va şaharlarning turistik salohiyatini tarğib qilişdan iboratdir, — deydi Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi örinbosari Kamoliddin Beknazarov.
Şuningdek, Forum doirasida Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi va Özbekiston Respublikasi davlat turizm qömitasi örtasida memorandum imzolaş marosimi hamda «Özbekiston Respublikasida içki turizmni rivojlantiriş istiqbollari va unda yoşlarning örni» mavzusida oçiq muloqot taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Turizm sohasiga qiziquvçi va uning rivojlanişi uçun istiqbolli takliflar bilan iştirok etiş niyatida bölgan yoşlarni Şahrisabz şahrida kutib qolamiz.
Öz muxbirimiz.






