Yangi qömita rahbariyati bilan tanişuv, soha taraqqiyotining dastlabki 5 yillik konsepsiyasi va  xorijda turizm salohiyatini yuksaltiriş dasturi taqdimoti, şuningdek  dolzarb masalalar va ularning yeçimini topiş böyiça qizğin munozaralar - Davlat Turizm qömitasining majlisi ana şunday şaklda bölib ötdi. 
 
Eslatib ötamiz, bundan avval "Özbekturizm" milliy kompaniyasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasiga aylantirilgani haqida xabar berilgan edi. 

Majlis avvalida Qömita rahbari Anvar Şarapov sözga çiqdi. 

Tarmoqlararo muvofiqlaştiriş va marketing tadqiqotlari boşqarmasi rahbari Abdulaziz Akkulov  "2017-2020 yillar uçun turizm sohasini rivojlantiriş konsepsiyasi"ning dastlabki rejasini taqdim etdi. Unda turizmni iqtisodiyot sohasi sifatida yangi darajaga olib çiquvçi faoliyatning asosiy yönalişlari öz aksini topgan. 
 
Tadbir davomida ta'kidlanganidek, bugungi kunda sohaning Özbekiston YaIMdagi uluşi atigi 3 foizni taşkil qiladi - mamlakatdagi salohiyatni inobatga oladigan bölsak, bu juda kiçik körsatkiç.
 
Ikkinçi taqdimot xorijda sayyohlik salohiyatini tarğib qilişga qaratildi. U "Ipak yöli" reklama agentligining rahbari Farangiz Abdullayeva tomonidan taqdim etildi. Kelasi yildan soni va sifatini kengaytiriş rejalaştirilayotgan qator tadbirlar majmui taklif qilindi. 
   
Davlat turizm rahbariyati, şuningdek, TIV, Senat, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi va bir qator boşqa idoralar vakillari uçraşuv iştirokçilarini kiritilgan takliflarning heç biri e'tiborsiz qolmasligiga işontirişdi va hamjihatlikda harakat qilişga çaqirişdi.