Teleboşlovçi Andrey Malaxov Birinçi kanaldan "Rossiya 1"ga ötmoqda, u yerda “Jonli efir” tok-şousiga boşlovçilik qiladi, deb xabar berdi RIA Novosti’ga vaziyat bilan taniş manba.

Şu paytga qadar "Jonli efir"ga Boris Korçevnikov boşlovçilik qilib kelgandi.

"Malaxov "Rossiya 1"da "Jonli efir"ni olib boradi”, - degan agentlik suhbatdoşi. Uning sözlariga köra, teleboşlovçi dastur ustida işlovçi jamoa bilan uçraşişga ham ulgurgan.

Manba ma'lumotiga köra, Malaxov iştirokidagi yangi dastur avgust oxirlarida efirga çiqişi mumkin.

Bundan taşqari, Malaxov "Rossiya 1"da nafaqat teleboşlovçi, balki qator loyihalarning hamprodyuseri böladi, deya qayd etgan agentlik suhbatdoşi. "Rossiya 1"da yaqin orada Malaxov Birinçi kanalda olib borgan “Bugun keçqurun” ("Segodnya veçerom") körsatuviga öxşaş dastur ham paydo bölişi mumkinligi istisno etilmadi.

Eslatib ötamiz, duşanba kuni Birinçi kanal efiriga “Gapiraverişsin” ("Pust govoryat") dasturi Malaxovsiz çiqdi. U uşbu boşlovçining televideniyedagi faoliyati, şuningdek, OAVning teleboşlovçi dasturdan ketayotgani haqidagi xabarlariga bağişlandi. Dasturga Dmitriy Borisov boşlovçilik qildi.