Malaxovning ko‘rsatuvi sababli Rossiya diplomati Qirg‘iziston TIVga chaqirtirildi
Andrey Malaxovning «Pryamoy efir» ko‘rsatuvi sababli Rossiya elchisining o‘rinbosari Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi.
Qayd etilishicha, 24 sentabr kuni efirga uzatilgan ko‘rsatuvda Qirg‘iziston fuqarosi Islombek Akbarov va «Myasnaya imperiya» hamda «Ozeretskiye kolbasi» kompaniyalari xo‘jayinlaridan biri Vladimir Marugovning o‘g‘li Aleksandr ishtirokidagi YTH muhokama qilingan. Unda Malaxov Akbarovga nisbatan «noto‘g‘ri» ibora qo‘llagan.
«Malaxov — bizning qahramonimiz emas», — deb izoh berdi Rossiya elchixonasi o‘zining Facebook sahifasida.
«Teleboshlovchi A.Malaxovning gaplari munosabati bilan bitta narsani aytish mumkin: odamni xafa qilish oson, ammo bu bilan yashash qiyin. Butun xalqni haqorat qilish esa bundan ham yomon», deyiladi elchixona izohida.
Iyul oyi boshlarida Moskvada mototsikl va taksi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan, mototsikl boshqarayotgan Aleksandr Marugov halok bo‘lgandi. Islombek Akbarovga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
24 sentyabrda efirga uzatilgan ko‘rsatuvda Malaxov Qirg‘iziston fuqarosi Marugovni pul evaziga qasddan o‘ldirgan degan taxminni ilgari surgandi.
Mavzuga oid
09:25 / 02.10.2019
«Kechirip koyunuzdar»: Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov qirg‘izlardan uzr so‘radi
10:08 / 17.11.2017
Andrey Malaxov birinchi marta ota bo‘ldi
09:32 / 12.10.2017
Andrey Malaxov o‘z telekompaniyasiga asos soldi
08:42 / 16.08.2017