Medium foydalanuvçisi Melissa Çu barça imkoniyatlar bölsa-da, muvaffaqiyatga erişişga nima xalaqit berişi haqidagi fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdi.

Men uzoq vaqt davomida aqlli inson qulay muhitga tuşib, astoyidil işlasa, ertami-keçmi muvaffaqiyatga erişişiga işonar edim. Men bunday insonlarga qarab, "U bir kuni albatta qandaydir kaşfiyot qiladi", deb öylab qolardim.

Biroq tajribam oşgani sari, har doim ham bunday emasligini tuşunib yetdim. Mening ba'zi tanişlarim - aqlli va mas'uliyatli kişilar - çindan ham haqiqiy muvaffaqiyatga erişişgan. Ammo, afsuski, nima qilişni bilmay, şunçaki oqim böyiça suzayotganlar ham talaygina.

Şunda men muvaffaqiyatga juda köp omillar ta'sir qilişini anglab yetdim: albatta, aql va mehnatsevarlik ham öz hissasini qöşadi, biroq bu bilangina çeklanib bölmaydi.

Quyida nima uçun aqlli va mehnatsevar böla turib, muvaffaqiyatga erişa olmaslikning yetti sababi keltiriladi.

 

1. Yangi aloqalar örnatmaysiz

Sizga eski muloqot doirangiz turganda köpinça boşqa heç kim kerak emasdek tuyuladi. Bir-biringizni yarimta sözdanoq tuşunasiz va faqatgina özingizgagina tuşunarli bölgan hazil-mutoyibalar ustidan kulişingiz mumkin.

Biroq bir muammo bor: eski döstlar davrasi bilan çeklanib qolsangiz, bir xil ğoyalarni qayta işlayverasiz. Siz öz doirangizdan taşqarida nimalar bölayotganini biliş imkoniga ega bölmaysiz.

Dastlab yangi tanişlarni izlaş qiyin işdek tuyulişi mumkin, lekin kiçik qadamdan boşlaş mumkin - masalan, haftasiga bittadan yangi taniş orttiriş.

"Orzuingizga erişiş uçun kuraşişingiz kerak. Uning uçun nimanidir qurbon qilişingiz va tinmay işlaşingiz kerak", - deydi Leonel Messi.

 

2. Özgarişlarni yoqtirmaysiz

Uzoq vaqt davomida bir muhitda qolib ketsangiz, bu sizning notaniş narsalarga moslaşiş qobiliyatingizni pasaytiradi. Biroq özgarişlar özi bilan doim yangi imkoniyatlarni olib keladi.

Özgarişlarga qarşilik qiliş örniga, öylab köring, ulardan qanday foyda oliş mumkin. Ehtimol, siz bozordagi yangi örinni töldirarsiz yoki öz vaqtida salohiyatli loyihaga kirişarsiz.