Iqtisodiyot | 13:10 / 19.08.2017
14579
2 daqiqa o‘qiladi

Alibaba sof foydasi ikki karra oshdi

Foto: AP

Xitoyning Alibaba internet-kompaniyasi sof daromadi 2017 moliya yilining birinchi choragi natijasiga ko‘ra sof daromadi 1,96 martaga oshib, 2,07 mlrd dollarni tashkil etdi. Har bir aksiyadan tushgan foyda 0,83 dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga (0,38 dollar) 45 sentga ko‘p demakdir. 

Tahlilchilar 0,91 dollar miqdoridagi foydani taxmin qilishgan edi. Kompaniyaning yillik hisobdagi tushumi 56 foizga o‘sib, 7,403 mlrd dollarga yetgan. Kompaniya ko‘rsatkichning o‘sishini quyidagicha izohladi: u Xitoydagi chakana savdoda 57 foizlik o‘sishni qayd etgan, dunyoda Lazada va AliExpress platfomalari sababli 2,3 baravardan ko‘proqqa o‘sgan. 

Kompaniyaning moliyaviy direktori Meggi Vunin aytishicha, «kompaniya birinchi chorakda ajoyib natijalarga erishgan. Shu sababli uzoq muddatli o‘sish imkoniyatlariga pul tikishni rejalashtirgan. Ularning ayrimlari mijozlarga foyda keltirmoqda». 

Alibaba Cloud bo‘limining tushumi yillik hisobda 96 foizni tashkil etgan. Kompaniyaning amaliy marjasi 7 foizlik punktga o‘sdi. Xarajatlar keskin tushgan. Ayniqsa, aksiyalar asosidagi tovon pullari borasida shunday deyish mumkin. Ushbu hisobotdan keyin shu yilning o‘zida 90 foizga qimmatlashgan Alibaba aksiyalari yana 2,77 foizga o‘sdi. 

Mavzuga oid