Sport | 11:08 / 20.08.2017
9895
5 daqiqa o‘qiladi

«Uembli»ning debyuti va startda turgan kuchli uchlik. Haftaning o‘tkazib yuborib bo‘lmaydigan uchrashuvlari haqida

Joriy haftadan boshlab Yevropa kuchli beshlik chempionatlari to‘liq tarkibda start oladi. Italiya, Ispaniya va Germaniya chempionatlari bilan yevromavsumga to‘laligicha start beriladi. Tribuna.Uz haftaning eng muhim uchrashuvlariga batafsil to‘xtalib o‘tadi.

Italiya A seriyasi
«Inter» – «Fiorentina» (20 avgust, 23:45, Sport TV, Match! Futbol 2)

O‘ziga xos eski tanishlar qarama-qarshiligi deyish mumkin bo‘lgan uchrashuv birinchi turdayoq kuzatilishi kutilmoqda. «Fiorentina»ning yangi bosh murabbiyi Stefano Pioli sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushsa, Borxa Valero uzoq yillik Florentsiyadagi faoliyatidan so‘ng ilk marta «Fiorentina»ga raqib sifatida o‘ynashiga to‘g‘ri keladi.

Faktlar
Ikki jamoa o‘rtasidagi so‘nggi 6 uchrashuvning 5tasida «Fiorentina»ning qo‘li baland kelgan. «Inter» faqat bir marta g‘alaba qozona olgan.
Shuningdek, Milanda kechgan so‘nggi uch o‘yinning ikkitasida ham «Fiorentina» mezbonlar ustidan g‘alaba qozonib qaytgan.
Ammo bungacha bo‘lgan 13 uchrashuvda «San-Siro»da «Fiorentina» faqat va faqat mag‘lubiyatga uchragan.

Angliya premer-ligasi
«Tottenhem» – «Chelsi» (20 avgust, 20:00, Futbol TV, Match! Futbol 1)

Faktlar
Bu «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadigan ilk Angliya premer-ligasi ilk uchrashuvi bo‘ladi. Natijada APL o‘tkazilgan stadionlar soni 58taga yetadi.
«Chelsi» «Tottenhem»ga qarshi barcha musobaqalardagi jami 17 o‘yinning faqat ikkitasida mag‘lubiyatga (8G‘, 7D, 2M) uchragan.
Ammo «Shporlar» o‘z uyida Maurisio Pochettino boshchiligida APLdagi barcha London derbilarini mag‘lubiyatsiz o‘tkazmoqda. Jamoa o‘z uyida kechgan 13 London derbisining 9tasida g‘alaba qozongan, 4 durang.
«Chelsi» amaldagi chempion sifatida APLni ketma-ket ikki mag‘lubiyat bilan boshlagan jamoa bo‘lib qolishi mumkin.

«Tottenhem» tarkibida Denni Rouz, Erik Lamela va Jorj-Kevin Nkudu jarohati sabab maydonga tusha olmaydi. Kiran Tripperning ishtiroki ham so‘roq ostida qolmoqda.
«Chelsi» tarkibida jarohatdan tuzalib safga qaytgan Tiyemue Bakayoko debyut qilishi mumkin. Pedro va Eden Azar to‘liq sog‘ayib ketmagan va bu uchrashuvda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda. Gari Keyhill va Sesk Fabregas esa o‘tgan turdagi qizil kartochka sabab bu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Angliya premer-ligasi
«Manchester Siti» – «Everton» (21 avgust, 23:55, Futbol TV, Match TV)

Faktlar
«Everton» «Manchester Siti»ga qarshi APL tarixidag eng yirik g‘alabasiga o‘tgan mavsumda erishgan (4:0).
«Manchester Siti» so‘nggi olti uchrashuvdan buyon o‘z uyida «Everton»ga yutqazmay kelmoqda (3G‘, 3D).
Ueyn Runi APLdagi gollari sonini 200taga yetkazib olishi uchun yana bitta gol urishi kerak. 200 gol kiritgan futbolchilar ichida faqatgina Alan Shirer «Siti» darvozasiga (11 gol) Runidan ko‘proq (8 gol) urishga muvaffaq bo‘lgan
Serxio Aguero yana bitta gol kiritsa APL tarixida yevropalik bo‘lmagan eng yaxshi to‘purarga aylanadi  va bu borada rekordchi bo‘lib turgan Duayt Yorkni ortda qoldiradi (hozirda uning hisobida 123ta gol bor).

«Manchester Siti» tarkibida Ilkay Gundo‘g‘an va Benjamen Mendi to‘liq mashg‘ulotlarga qaytgan, ammo ularning maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi. Fabian Delfda ham shu holat.

«Everton» tarkibida jarohati sabab Sheymus Koulmen, Yannik Bolazi va Ramiro Funes-Mori uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Ross Barkli va Jyeyms MakKartini ishtiroki so‘roq ostida.

Shuningdek bu haftada yana bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan:

Ispaniya La-ligasi
Barselona – Betis (20 avgust, 23:15, Futbol TV)
Deportivo – Real Madrid (21 avgustga o‘tar kechasi, 01:15, Futbol TV)

Mavzuga oid