Jahon teleekranlarida «Taxtlar öyini» serialining yettinçi mavsumi boşlangaç, köpçilik katta uruş va intiqom onlarini kutmoqda. Har bir epizod paytida özgaça kayfiyat va huzur bağişlovçi serial voqealari turli manzaralarda suratga olingan. Ulardan köpçiligi yaşil pavilon maydonlarida tayyorlangan bölsa, yana boşqalari haqiqiy manzillar hisoblanadi. «Taxtlar öyini» işqibozlari uçun quyida sayohat davomida taşrif buyuriş mumkin bölgan manzillar röyxatini taqdim etamiz.

1. Xorvatiya, Dubrovnik

Dubrovnik şahri serial epizodlarida eng köp namoyiş etilgan, temir taxt va poytaxt şahar sifatida aks ettirilgan. Dubrovnikning eski şahar köçalarida köplab sizga taniş bölgan kadrlar surat olingan.

2. Şotlandiya, Dun qasri

Şimoldagi Vinterfel hukmdorlari, Starklarning merosiy uyi aynan şu qasrda joylaşgan. Ilk mavsumlarda köp bora közga taşlangan qasr devorlari aynan şu böladi. 

3. Ispaniya, Bask avtonomiyasi

Dayeneriyanlarning uyiga eltib boruvçi yöl haqiqatan mavjud va u Ispaniya qirğoqlarida joylaşgan. Agar Bask avtonomiyasida San Xuan de Gastelugatsega yölingiz tuşsa, inson qöli bilan yaratilgan, orolçani materikka ulab turuvçi yölakni körasiz.

4. Ispaniya, Itsurun sohili

Va nihoyat malikaning yettinçi mavsumda Dragonstonga yetib kelganiga guvoh böldik. Şu lavhalar esa Ispaniyada, ayrim paytlarda Şimoliy Irlandiyada suratga olingan.