Çad hukumati Qatar elçixonasining yopilişini e'lon qildi. Katarlik diplomatlarga 10 kun içida Çad hududini tark etiş buyurilgan, deb xabar bermoqda “Reyter” axborot agentligi.  

Çad taşqi işlar vazirligi bayonotiga köra, uşbu qaror Qatarning Çaddagi vaziyatni qöşni Liviya orqali izdan çiqarişga urinişi bilan boğlangan.

“Çad mintaqadagi tinçlik va xavfsizlikni himoyalaş uçun Qatarni Çad hamda Çad köli va Saxel mintaqasi davlatlari xavfsizligiga putur yetkazişi mumkin bölgan barça xatti-harakatlarni töxtatişga çaqiradi”, deb aytilgan Çad taşqi işlar vazirligi bayonotida.

Çad, şuningdek, Dohadagi elçixonasini yopadi va u yerdagi barça xodimlar olib çiqib ketiladi.

5 iyunda Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan barça diplomatik aloqalarni uzişgan. Keyinroq Maldivlar, Mavrikiy, Mavritaniya ham Qatar bilan aloqalarni uzişlarini ma'lum qilişgan. Iordaniya va Jibuti Qatardagi elçixonalari darajalarini pasaytirişgan. Senegal, Niger va Çad  Qatardan elçilari çaqirtirilişini e'lon qilişgan.