"Qozoğiston" davlat telekanali yangi telemavsumni öz logotipining rebrendingi bilan boşladi.
Yangi logotipning taqdimoti Qozoğiston axborot va kommunikatsiyalar vaziri Davron Abayev, “Respublika teleradiokorporatsiyasi” rahbari Yerlan Karin va boşqa şaxslar iştirokida bölib ötdi.
Abayevning xabar berişiça, endilikda “Qozoğiston”, “Balapan”, “Kazsport” kanallarining nomi lotin alifbosida yoziladi.
“Yangi mavsum ijobiy böladi. Bizning fikrimizça, rebrending bunga qöyilgan birinçi qadamdir. Umid qilamanki, sifat jihatidan yangi darajaga çiqamiz”, - dedi vazir.
Qozoğiston “Respublika teleradiokorporatsiyasi” rahbari Yerlan Karinning xabar berişiça, endi telekanal Qazaqstan deb ataladi.








