Samsung kompaniyasi yangi S Pen va katta hoşiyasiz displeyli Galaxy Note8 smartfonini rasman namoyiş qildi. Bu haqida Hi-Tech xabar berdi.
Smartfon dizayni Galaxy S8 asosiy flagmanlar qatoriga xos bölib, uning öziga xosligi - "poyonsiz"dek körinadigan hoşiyasiz displey va yuqori hamda pastki ekranlardagi kiçik ramkalarida. Korpus metall asosga ega bölib, moslaşuvçan şişa bilan töldirilgan.

Ramkalar kiçikligi sabab barmoq izlari skanerini orqa panelga, kameraning yoniga köçirişga töğri kelgan. Muqobil sifatida esa Iris-skanerlari örnatilgan.
Smartfon korpusi IP68 standarti böyiça himoyalangan. Çang, mayda zarraçalar va suv qurilmaga xavf tuğdirmaydi (u 1,5 metr çuqurlikdagi suvda yarim soatga çidamli).

Galaxy Note8 öz qatoridagi eng katta displeyga ega böldi - 6,3 dyuym. U Super AMOLED texnologiyasi böyiça işlangan bölib, 2960x1440 pikselga ega. Yana bir funksiya qoldi: Always On Display — bloklangan smartfonda soat va xabarlarning aks etişi.
Katta displeyda S Pen perosi bilan işlaş qulay - bu Note qatorning asosiy "fişkasi". Pero avvalgi smartfonlarga qaraganda ingiçkaroq uç va köproq bosim darajasiga ega bölgan. S Pen yordamida xabarlar yoziş, rasm çiziş, smartfonni boşqariş va boşqa köplab işlarni tezda amalga oşiriş mumkin.

Galaxy Note8 qurilmasi Samsung qatorida ilk marta asosiy kameraning ikki moduli bilan ta'minlandi. Birinçi kamera f/1.7 diafragmali va Dual Pixel texnologiyali keng formatli obektivga ega böldi. Ikkinçi kamera tasvirni ikki karra optik kattalaştiriş uçun uzun fokusli obektiv bilan ta'minlandi. Ikkisi ham 12 megapikselli sensorlar va optik stabilizatsiyaga ega.
Ta'kidlaş joizki, bu qurilmadagi «Ikki karra s'yemka» rejimida bir vaqtning özida ikkita kameradan ikki surat oliş mumkin.
Manbada ta'kidlanişiça, Galaxy Note8 sotuvlari sentabr oyi örtalariga möljallangan. Korpusning uç xil rangdagi varianti taqdim etilgan: «qora olmos», «moviy sapfir» va «sariq topaz».






























