Madridda Santyago Bernabeu Kubogi uçun uçraşuv bölib ötdi. U 1979 yildan beri har yili ötkazib kelinadi. Bu safar Ispaniya poytaxtida Madridning «Real» jamoasi Italiyaning «Fiorentina» klubiga qarşi maydonga çiqdi. Bu öyin 1957 yilgi Yevropa çempionlari finalining 60 yilligiga bağişlandi. Öşanda mazkur ikki jamoa kuç sinaşgan. 

Zinedin Zidan jamoasi uşbu öyinda 2:1 hisobidagi irodali ğalabani qölga kiritdi. Dastavval, öyinning 4-daqiqasidayoq «binafşalar» Jordan Veretu goli evaziga oldinga çiqib oldi. Biroq 3 daqiqa ötar-ötmas Borxa Mayoral hisobni tenglaştirdi. Rasmiy öyinlardan çetlaştirilgan Kriştianu Ronalduning 33-daqiqasida urgan goli «qaymoqranglilar»ga ğalaba keltirdi. 

Santyagu Bernabeu Kubogi

«Real» (Madrid, Ispaniya) – «Fiorentina» (Florentsiya, Italiya) — 2:1 (2:1). 
Gollar: Veretu, 4 (0:1), Mayoral, 7 (1:1), Ronaldu, 33 (2:1). 

«Real»: Kasilya (Zidan, 46), Naço (Manu, 46), Hakimiy, Teo, Ramos (Texero, 46), Sebalos, Asensio, Markos Lorente, Vaskes, Ronaldu, Mayoral. 
«Fiorentina»: Sportello, Pesselya, Brunu Gaşpar, Astori, Biragi, Veretu, Badel (Sançes, 46), Jil Diaş, Esserik, Keza, Simeone.