Afsonalarga köra qadim zamonda Ozarboyjon yurtidan ötib borayotgan karvondagi bir tuya kasallik tufayli holdan toyib, yiqilib qoladi. Suvsirab, toliqqan jonivor özini yaqin örtada joylaşgan balçiqli botqoqqa jon holatida taşlaydi. Karvondagilar tuyani botqoqdan tortib çiqarişni ortiqça iş bilib, uni şu yerda taşlab ketişni ma'qul biladi. Oradan ma'lum vaqt ötib, tuyasini botqoqda «unutib» qoldirgan öşa kişilar orqaga qaytar ekanlar, mö'jizaga guvoh bölişadi. Ular ölar holatda taşlab ketgan tuya nafaqat tirik, balki baquvvat, bardam va tetik holda atrofni aylanib yurardi.

Keyinroq, dunyoda birinçi bölib zamonaviy körinişdagi neft 1848 yilda Ozarboyjonda qazib çiqarila boşladi. Neft mavjud hududlarni örganuvçi bir guruh nemis mutaxassislari 1868 yili bu ölkaning, bugunda Naftalan deb nomlanuvçi hududiga kelişadi. Garçi ular Naftalanda boy neft konlarini topişsada, ularning quvonçi uzoqqa çözilmaydi. Zero, ular topgan neftda yoqilği fraksiyalari mavjud bölmagan. Boşqaça qilib aytganda, bunday neftni yoqilği sifatida sotib bölmasdi. Yaxşiki, tarvuzi qöltiğidan tuşayozgan nemis mutaxassislari tez orada Naftalanda topilgan neftning öziga xos şifobaxş xususiyatlarini kaşf etişadi. Natijada, mazkur qora oltindan turli dorivor vositalar tayyorlaş orqali mömay daromad qozona boşlandi.

Naftalan sözi ozarçada «neft olingan joy» degan ma'noni anglatadi. Bugungi kunda uşbu nom bilan yuritiluvçi şaharça poytaxt Boku şahridan 350 kilometr ğarbda joylaşgan bölib, dunyo miqyosida özining şifobaxş nefti bilan maşhurdir. Naftalan hududida qazib olinadigan suyuqlikning öziga xos jihati şundan iboratki, u «yoş neft» hisoblanib, özida mujassam etgan foydali moddalar insonda uçraydigan 70 turdan ortiq kasallikka davodir. Umumlaştirgan holda şuni aytiş mumkinki, Naftalan nefti quyidagi turdagi kasalliklarga davo hisoblanadi:

Teri kasalliklari
Böğim kasalliklari
Asab kasalliklari
Muşaklar kasalliklari
Urologik va ginekologik kasalliklar

Naftalan şaharçasining aholisi asosan davolanuvçilar va mehmonlarga xizmat körsatiş bilan şuğullanişadi. Hududda uçta katta mehmonxona-sanatoriylar joylaşgan bölib, ular «Çinor», «Qoraboğ» va «Kalaalti» mehmonxonalaridir. Uşbu mehmonxonalar xizmat körsatiş saviyasiga köra beş yulduzli mehmonxona darajasiga ega.

Muallif «Çinor» mehmonxona-sanatoriysida davolaş kursini ötagani tufayli, quyida uşbu jarayonga oid ba'zi muhim ma'lumotlar bayon etiladi.

Naftalan şaharçasi poytaxtdan ança uzoqda, çekka hududda joylaşgani tufayli u yerga ilk bor yöl olgan mehmon uçun manzilga yetib olişning eng maqbul yöli mehmonxonaning transfer xizmatidan foydalanişdir. Bunda mehmonni Boku şahrining Haydar Aliyev aeroportida kutib olişadi va 4 soat içida manzilga eltib qöyişadi.