Google kompaniyasi vakillari ARCore töldirilgan reallik platformasini taqdim etişdi. U real hayotda virtual obektlarning mavjudligi hissini beradi. Bu haqida The Verge naşri xabar berdi. 

Yangi platformani oddiy Android-smartfonlarda qöllaş mumkin. ARCore'dan foydalaniş uçun ikki kamera yoki maxsus çuqurlik datçiklari talab qilinmaydi. 

Töldirilgan reallikda obektlar kameraga olingan  real tasvirga qöşiladi. 

Google mazkur sohada birinçi yil iş olib borişi emas. Tango dasturi haqida uç yil avval ommaga ma'lum qilingan. Uşbu texnologiya maxsus qurilmalarni uç ölçamli xaritali çuqurlik kameralari bilan ta'minlaydi. Ularning asosida virtual obektlar yaratiladi.