Volkswagen konserni navbatdagi qaytaruv kampaniyasining boşlanişi haqida e'lon qildi - bu safar gap "dizelgeytlar" haqida emas. 280 915 ta Passat va Passat CC sedanida YTHga olib kelişi mumkin bölgan ehtimoliy texnik nosozliklar aniqlandi. "Avtovesti" şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, gap energiya ta'minotida muammo keltirib çiqarişi mumkin bölgan yoqilği nasosi, aniqroği boşqaruv moduli faoliyatidagi ehtimoliy nosozliklar bilan boğliq. Natijada yo nasos kutilmaganda işdan çiqişi mumkin, yoki akkumulyatorni "ötkazib", töxtovsiz işlaşi mumkin.
Şimoliy Amerikada e'lon qilingan çaqiruv kampaniyasida 2006 yildan 2010 yilga qadar işlab çiqarilgan Passat'lar hamda 2009-2016 yillarda işlab çiqarilgan Passat CC avtomobillari iştirok etadi.
Volkswagen kompaniya yuqorida qayd etilgan sabablar böyiça YTHlar va jabrlanganlar haqida ma'lumotga ega emasligini alohida ta'kidladi.
Maşinalarni qaytariş kampaniyasiga 13 oktabrda start beriladi.









