Niderlandiyadagi serverlardan birida Onliner Spambot spam-boti topildi, u 700 mln elektron poçta manzili va ularga maxfiy sözlarni birlaştirgan bazaga ega. Bu haqda International Business Times xabar bermoqda.
Axborot xavfsizligi böyiça mutaxassis Troy Xantning fikriça, bu tarixdagi eng yirik ma'lumot sizib çiqişidir. «Kölamni tuşuniş uçun, tasavvur qilib köring, bu Yevropada yaşovçi barça erkaklar, ayollar va bolalarning elektron qutilaridir», - deya ma'lum qildi Xant.
Ekspertlar poçtada tegişli ma'lumotlar bor ekanini Have I been Pwned saytida tekşirib köriş va ijobiy javob böladigan bölsa, maxfiy sözni almaştirişni tavsiya etişgan.
Avvalroq Google millionlab smartfonlarni töldirilgan reallik bilan ta'minlaşi xabar qilingandi.












