Berlinda ötkazilişi rejalaştirilgan IFA körgazmasidan avval 30 avgust kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Samsung vakillari sport bilan şuğullanuvçi, soğlom turmuş tarzini sevadigan insonlar uçun uç turdagi yangi qurilmalarni taqdim etdi. Ular Gear Sport «aqlli» soati, Gear Fit2 Pro fitnes bilak tasmasi, Gear IconX Bluetooth-quloqçinlari şular sirasidandir. Taqdim etilayotgan yangi texnologiyalar sport bilan şuğullanib turgan kişini umumiy holatidan tortib, uyqu tartibigaça kuzatib boradi va xabar beradi.

Gear Sport «aqlli» soati ustki xavfsizlik qoplamasi bilan himoyalagan hamda suv ostida 50 m çuqurlikda ham işlay oladi. Soat 1,2 dyumli Super-AMOLED sensor ekrani bilan jihozlangan. Vakillarning sözlariga köra, soat Tizen operatsion tizimida faoliyat olib boradi. Ikki yader bilan ta'minlangan yangi gadjyetning operativ xotirasi 768 MB bölib, doimiy qattiq xotira esa 1 GB'ni taşkil etadi. Mahsulotning ilk partiyasi qora va kök rangda işlab çiqarilişi rejalaştirilmoqda.


Gear Fit2 Pro esa ötgan yili işlab çiqarilgan Gear Fit gadjyetinining takomillaşgan körinişiga ega bölişi taxmin qilinmoqda. Oldingi avloddan farqli jihati şundaki, Fit2 Pro IP68 standarti böyiça namlik ta'siridan himoyalangan va suv ostida ham bemalol işlaydi. Samsunğning yangi şu turdagi mahsulotlari 15 sentabrdan boşlab, 199 AQŞ dollari miqdorida sotuvga çiqariladi.










