Myanmadagi Naf daryosida musulmon rohingyalar mingan qayiq ağdarilişi natijasida 16 kişi halok böldi. Bu haqda politsiya vakillariga asoslangan holda mahalliy naşrlar xabar berdi.

Musulmonlar millatçi buddistlar ta'qibidan qoçib Bangladeşga ketayotgandi.

Bangladeşlik çegaraçilar birinçi sentabr tongida qirğoq yaqinida jasadlarni topişgan. Qayd etilişiça, jasadlarning 4 nafari öq tegişidan halok bölgan.

Ayni vaqtgaça, Bangladeşga Naf daryosi orqali qoçib urinişlar davomida halok bölganlar soni 39 nafarni taşkil qiladi.

Bundan avvalroq Rohingya musulmonlari Yevropa kengaşi (ERC) matbuot kotibi Anita Şug ma'lum qilgandiki, Myanmadagi  Arakan ştatida keyingi 3 kun mobaynida harbiylar hujumlari oqibatida 3 mingga yaqin musulmonlar halok bölgan.