Boks böyiça Özbekiston termasi Germaniyaning Hamburg şahrida davom etayotgan boks böyiça jahon çempionatida musobaqaning barça davrlaridagi eng yaxşi natijasini qayd etdi.
Özbekiston terma jamoasi şu paytgaça iştirok etgan 12ta jahon çempionati finalida heç qaçon tört nafar vakili bilan iştirok etmagandi. Şu kungaça terma jamoamizning eng yaxşi natijalari 1999 yili AQŞning Hyuston va 2015 yilda Qatarning Doha şahrida bölib ötgan jahon çempionatlarida qayd etilgan. Bu turnirlarda Özbekiston terma jamoasi finalda 3 nafardan vakil bilan iştirok etgandi.
Hyustondagi natijalar hozirça medallar sifati böyiça eng yaxşi körsatkiç bölib turibdi. Öşanda Özbekiston terma jamoasi 2ta oltin ( Muhammadqodir Abdullayev, Ötkirbek Haydarov) va 1ta kumuş medal bilan taqdirlangandi. 2015 yilgi finallarda esa barça boksçilarimiz finalda imkoniyatni boy berişgandi.
Eslatib ötamiz, 2017 yilgi JÇ finalida Özbekiston şarafini finalda Hasanboy Dösmatov (46-49 kg), Jasurbek Latipov (-52 kg), Iqboljon Xoldorov (-64kg) va Şahram Ğiyosov (-69 kg) himoya qiladi.








