Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumaniga taşrif buyurdi.
ÖzA xabariga köra, davlat rahbari «Toşkesgan» fermer xöjaligining paxta dalasini közdan keçirdi. Fermer va dehqonlar bilan agrotexnik tadbirlarni töğri va sifatli amalga oşiriş, hosilni öz vaqtida yiğib-terib oliş xususida suhbatlaşdi.
«Biz qişloq xöjaligi sohasida hamma narsani bilamiz, deb öylaymiz. Aslida biz bilmagan narsalar juda köp. Şunday ekan, bu borada öqiş, izlanişdan töxtamasligimiz, fermerlarning öqişini taşkil etişimiz kerak. Ularga yetuk mutaxassislar dars berişi zarur», dedi davlat rahbari.
Jizzax viloyatida paxta yiğim-terimiga puxta tayyorgarlik körildi. Viloyatda 481 ming gektar ekin maydoni bölib, uning 261 ming gektari suğoriladigan yerlardir. 12 mingdan ortiq fermer xöjaligining 3 ming 978tasida ğöza parvarişlamoqda.
Davlat rahbariga «Özpaxtasanoat» AJ tomonidan 2017 yilgi paxta xomaşyosini elektron tarozi orqali «Ye-tarozi» dasturida qabul qiliş va uşbu jarayonga «Fotofiksatsiya» tizimini samarali joriy etiş böyiça amalga oşirilgan işlar haqida ma'lumot berildi.
«Özpaxtasanoat» tizimidagi 98ta paxta tozalaş korxonasiga qaraşli barça paxta tayyorlov maskanlarida ötgan yili örnatilgan elektron tarozilar va kuzatuv kameralari mavsumga şay qilib qöyilgan. 2017 yilgi paxta hosilini qabul qilişda, şuningdek, paxta qabuli körsatkiçlari böyiça tayyorlanadigan hisobotlar oçiqligini ta'minlaş hamda uşbu jarayonda inson omilini qisqartiriş maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari keng joriy etilmoqda.
Bunday axborot tizimida qabul qilinayotgan paxta xomaşyosi elektron tarozi orqali «Ye-tarozi» dasturida ölçanib, paxta taşib keltirgan transport vositasi kuzatuv kameralari orqali sinxron tarzda tasvirga olinadi, ya'ni fotofiksatsiya qilinadi. Tasvirda sana, transport vositasining raqami, fermer xöjaligining nomi, topşirilgan xomaşyoning vazni aks ettiriladi. Bu hosilni qabul qiliş jarayonida moddiy javobgar şaxslarning mas'uliyatini oşirişga xizmat qiladi.
Kunlik qabul qilingan paxta xomaşyosi töğrisidagi ma'lumotlar markaziy bazaga onlayn tarzda kiritib boriladi. Bu, öz navbatida, respublika, viloyatlar, tumanlar, sektorlar (hokim, prokuror, içki işlar va soliq idoralari), fermer xöjaliklari kesimida qabul qilingan paxta xomaşyosining markazlaşgan hisoboti şakllanişi tezkorligini, ma'lumotlar oçiqligini ta'minlab, terim otryadlari samaradorligini ham tahlil qilişga zamin yaratadi.
Prezident Jizzaxda paxta mavsumiga tayyorgarlikni közdan keçirib, mutasaddilarga topşiriqlar berdi
03:30 / 03.09.201725 1095 min








