Avgust oyida avj olgan rohingyalar muammosi Myanmada qisqa davr içida musulmon diniga e'tiqod qiluvçi 400 nafardan ortiq kişining halok bölişiga sabab böldi. Reuters agentligi tarqatgan sönggi xabarga köra, Rakxayn ştatini tark etib, Bangladeşga boşpana izlab ketişga majbur bölayotgan rohingyalarning soni 90 ming kişidan ortdi.
Jami 1,1 million kişidan taşkil topgan rohingyalar mamlakatning 90 foizi buddistlardan taşkil topgan Myanma (avvalgi Birma) davlatida istiqomat qilib kelgan. Ötgan yil oktabr oyidan buyon qöşni Bangladeşning Koks Bozor tumani 150 ming rohingyaga yangi vatan bölib qolmoqda.
Qurbon Hayit ayyomi kuni nutq sözlagan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bu holatni butun bir etnos genotsidi deb atagandi. Şuningdek, turklar yetakçisi ötgan haftada Bangladeş prezidenti Abdul Hamid bilan telefon orqali suhbatlaşib, mamlakatga kirib kelayotgan rohingyalarni yanada köproq qabul qilişga çaqirgan.








