Buddizm e'tiqodi bir neça asrlardan beri tinçlik dini, kişilarga sadoqat va mehr ulaşib, xotirjamlikni tarannum etadi, deya ta'riflanadi. Unga e'tiqod qiluvçi dindorlar kişining ölimidan söng qayta tuğiliş (reinkarnatsiya) yuz berişiga işonadi. Marhum ruhi va idroki boşqa tanaga kirib jonlanadi. Agar bu rost bölsa, Hitler, Stalin yoki Maoning ruhi Aşin Viratxuga köçib ötgan. Negaki, u asrlar davomida insoniyatni yaxşilikka çorlagan din ta'limotini emas, terror va jirkanç ğoya taşviqoti bilan şuğullandi.

Los Angeles Time naşrining yozişiça, u özini agent Jyeyms Bondga öxşatgan. «Josus qançalik yomonlik qilsa ham, millatining ravnaqi uçun kuraşadi. Men esa rivojlanişimiz, e'tiqodimiz oldida katta xavf tuğdirib turgan musulmonlarni yöq qilib yuborişni öz oldimga maqsad qilib qöydim», deydi u.

Hafta davomida eng katta qayğuli hodisalarni Myanmada kuzatar ekanmiz, uning boş «me'mori»ni tanib olişga haqqingiz bor. Özining millatçilik ruhidagi tarğibotlari uçun monax 2001 yil 25 yil qamoq jazosiga mahkum etilgandi. Oradan 11 yil ötib Aşin ozodlikka çiqarildi, ammo bu safar hukumat va harbiylar orasida uning izmiga yuradiganlar köplab topilgani tufayli turli internet platformalarida eski «qiliğini» boşlab yubordi. Natija «yomon emas»: oradan deyarli 7 yil ötib, yirik xurujlar yuz bermoqda.

Reuters bergan ma'lumotga köra, ötgan haftaning özida musulmon diniga e'tiqod qilgan rohingyalarning 2600dan ortiq xonadoniga öt qöyildi.

Bu vaqt mobaynida esa 90 mingga yaqin rohingyalar öz uylarini tark etib, qöşni, aholisining köpçiligi musulmonlardan taşkil topgan Bangladeşga qoçib ötişga majbur bölmoqda. Ziddiyatga nima sabab bölganiga töxtalmoqçi emasman, ammo quvilgani yetmagandek, Myanma harbiylarining Rakxaynga kirib kelişi, şu 7 kun içida 400 nafar musulmon joniga qasd qilişi, atrofdagilarni kuzatuvçi bölib ötirişga undamaydi.

Agar joriy yilning 18 martida BMT Xavfsizlik Kengaşi tomonidan Myanmadagi musulmonlarga yordam körsatiş böyiça rezolyutsiyaning Rossiya tomonidan töxtatib qöyilganiga e'tibor qilsak, qudratli davlatlarni bu taşvişga solmayotganini anglaş mumkin. Qolaversa, inqiroz etnik va diniy kelib çiqişiga köra, kişilarni ajratiş bilan boşlandi. BMT XKda na bir musulmon davlat doimiy a'zolikka ega, na mintaqada kuçli ta'sirga ega rohingya uyuşmalari bor. Doimiy a'zo davlatlarning bori ham sobiq mustamlakaçi yoki Islomga qarşi zimdan qarşi harakat olib borgan.

Bu örinda Musulmon davlat birodarligidan bir narsa kutiş naf beradimi? Menimça, yöq. Ayniqsa arab-musulmonlaridan madad kutiş ahmoqona iş bölsa kerak.