Buyuk Britaniyada to‘rt nafar harbiy xizmatchi mamlakatda taqiqlangan «Milliy harakat» neonatsistlar guruhi bilan aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi.
Bu haqda Associated Press Mudofaa vazirligiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, erkaklar terrorchilik xurujlariga aloqadorlik, tayyogarlik ko‘rish va da'vat qilishda gumonlanmoqda.
Maxsus amaliyot davomida bir necha uylarda tintuv o‘tkazilgan.
Xabarda aytilishicha, qo‘lga olingan shaxslar o‘n yilga qamalishi mumkin.











