Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati Çinoz tumanida obodonlaştiriş talablariga javob bermaydigan hududlar «şarmandali mahalla» va «uyatli xonadon» deb belgilanişi ma’lum qilingan video tarqaldi (Hokimlik axborot xizmati uşbu videoni 27-iyul kuni e’lon qilgan, biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvçi e’tiboriga tuşgaç, video öçirib yuborilgan.).
Tuman hokimi Şerzod Salihov mahalla raislari bilan ötkazgan yiğilişda oldinroq viloyat hokimi tomonidan şu masalada yiğiliş ötkazilganini va tegişli topşiriqlar berilganini aytadi.
U Birlik mahallasini közdan keçiriş natijalariga köra mahalla binosi hovlisiga «bitta rayhon ham, bitta gul ham, bitta köçat ham ekilmagani», «ötlar bel barobar bölib ketgani, örilgan ötlar ham xaşak bölib bölib yotgani»ni ta’kidlaydi.
«Şarmandali mahalla deb aytsa böladimi, bölmaydimi? Şior bor „Şarmandali mahalla“ degan. Dilmurod, bugun kelasan, qani? Menga ber (qöliga „Şarmandali mahalla“ deb yozilgan qoğozni oladi). Hozir ilasan, bor. „Şarmandali mahalla“ qilib körinadigan joyga, xalq köradigan joyga il. Şarmandali mahalla bu – Birlik mahallasi», – deya e’lon qiladi hokim.

U şuningdek ayrim xonadonlarga «Uyatli xonadon» yozuvi osilişi mumkinligini ham aytgan.
«Ikkinçi şior bor – «Uyatli xonadon». Buni men bekorga aytmayapman. Mana, biriktirilgan 40 ta vakil, korxona-taşkilot rahbari bekorçilikdan bormayapsizlar u yerga. Yo öynagani bormayapsizlar.
Viloyat hokimimiz töğri aytdilar: ertalab soat 6:00 da tursa, böldi, mahalla obod bölib qoladi yoki obod köça bölib qoladi degani emas bu», – degan hokim.

U tumandagi korxona va taşkilotlar rahbarlaridan iborat 40 nafar mas’ulga mahalla raislari bilan birga xonadonlarni aylanib çiqiş böyiça topşiriq beradi. Bu guruh dastlab korxona va taşkilotlarning idorasini tekşiradi, şundan keyin mahalla raisining uyiga boradi.
Ta’kidlanişiça, ular xonadonlar darvozalarining böyalgan-böyalmagani, devorlarning oqlangani, köçaga köçat yoki rayhon ekilgani, hovli va tomorqalarning holatini örganib, ularni suratga oladi va hisobotini hokimga yuboradi.

















