Rossiyaning Ulan-Ude şahri Sovetsk tuman sudi Özbekistonning uç fuqarosiga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasini 3 noyabrga qadar uzaytirdi. Ular qöylarni öğirlaşda ayblanmoqda, deb xabar berdi sud matbuot xizmati.

Ayblanuvçilar 2017 yilning mart-may oylarida Buryatiyaning tört tumani va Ulan-Udeda qöylar hamda yirik qoramollarni öğirlaş bilan şuğullanişgan. Hammasi bölib 30 ta qöy ömarilgani aytilmoqda.

Qayd etilişiça, nomi oçiqlanmagan ayblanuvçilardan ikki nafari Rossiya hududida noqonuniy ravişda istiqomat qilib kelgan. 

Ular 200 ming rubllik jarimaga tortilişlari, yoki beş yilga ozodlikdan mahrum qilinişlari mumkin.