Har yilning sentabr oyida Yevropaning turli burchagidan kelgan tomoshabinlar Berlinda to‘planishadi. Bu yerda jahon elektronika sohasidagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri IFA (Internationale Funkausstellung Berlin) bo‘lib o‘tadi. Aytish joizki, u salkam yuz yil avval ish boshlagan. 1930 yilda birinchi ko‘rgazmani shaxsan Albert Eynshteynning o‘zi ochgan. 

Bugungi kunda yetakchi texnika ishlab chiqaruvchilar 159 ming m2 maydonda o‘z ishlanmalarini namoyish qiladi. Trendymen internet nashri undagi muhim va e'tiborga molik asosiy mahsulotlarga diqqatni qaratadi. 

LG V30

Foto: Trendymen

LG kompaniyasining yo‘qlikdan borliqqa yuzlanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega deyish mumkin. Uning LG V30 smartfoni boshqa raqobatchi kompaniyalar mahsulotlariga bemalol maydon o‘qiy oladi. Ko‘p yillar mobaynida LG konstruktorlari iste'molchiga ikkinchi darajali narsalarni taklif etib kelishdi. Ammo bu safar barchasi jiddiy. Dizayn premium toifada, yirik romsiz ekran va juda yuqori sifatli video olish uchun 2 ta kamera. 

400 Gb lik microSD xotira kartasi

Foto: Trendymen

Albatta, ma'lumotlarni virtual bulutda saqlash qandaydir buyumlarda saqlagandan ko‘ra yaxshiroq. Ammo tirnoq kattaligicha keladigan mitti plastmassada 400 Gb lik axborotni saqlash ajoyib, shunday emasmi?

Samsung Gear Sport

Foto: Trendymen

Keng tarqalgan turli qarashlarga qaramay, smartwatches (aqlli soatlar) hamon ishlab chiqarilmoqda va ular ommabop. Gear Sport harbiy qurilmalar kabi himoya darajasiga ega. To‘g‘ri, bu gap Samsung mutaxassislariga tegishli. Bu soatdan hovuzda, yugurish yo‘lagida va boshqa istalgan joyda foydalanish mumkin. Gadjyetning o‘zi siz nima bilan shug‘ullanayotganingizni aniqlaydi va ekranga yurak urushini chiqaradi. Unda yo‘nalishni ko‘rsatib turuvchi GPS ham bor. Shunday ekan, adashib qolmaysiz.