Project Amplify — bu elektr dvigatelli oyoq moslamasi, Nike uni amerikalik startap Dephy bilan birga işlab çiqqan. Qurilma oyoqqa örnatiladi, tizzadan pastda joylaşgan qismi esa motor yordamida har bir qadamingizni kuçaytiradi.

Tizim oyoq harakatini kuzatib boradi, yuk taqsimotini örganadi va muşaklarga yordam beradi. Natijada yugurayotgan odam kamroq kuç sarflaydi, lekin tezroq masofa bosib ötadi.

Nikeʼning dastlabki sinovlariga köra, ayrim sportçilar bu tizim bilan bir mil masofani 12 daqiqa emas, 10 daqiqada bosib ötgan. Nike uni ommaviy işlab çiqariş rejalari haqida gapirgan, biroq aniq sanani hali oşkor etmagan.