Monitor va planşetlardan foydalanişda kamida 70 sm masofa saqlanişi şart, iş joylariga e’tibor qaratilgan tabiiy yoruğlik ta’minlanişi lozim. Şuningdek, bolalarda muntazam köz gimnastikasini bajariş odatini şakllantiriş tavsiya etiladi, bu köz çarçoğini oldini oliş va köriş qobiliyatini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Yoşga mos gadjetdan foydalaniş muddatlari quyidagiça belgilangan:

  • 5 yoşgaça bolalar uçun elektron vositalardan foydalaniş umuman taqiqlanadi;
  • 1–4 sinf öquvçilari dars vaqtida 10–20 daqiqa gadjetdan foydalanişi mumkin;
  • 5–11 sinf öquvçilari dars vaqtida 15–35 daqiqa möljallangan;
  • uy va maktabdagi umumiy foydalaniş vaqti sinf darajasiga qarab 80–170 daqiqa oraliğida belgilanadi.

Şu orqali bolalarning köz salomatligini himoya qiliş, elektron qurilmalardan soğlom foydalaniş odatini şakllantiriş va köz çarçoği va köriş qobiliyatiga ta’sir qiluvçi xavflarni kamaytiriş maqsad qilingan.