Qozoğistondagi Şoaxmetov nomidagi Respublika tillarni rivojlantiriş koordinatsion-uslubiy markazi direktori, filologiya fanlari doktori Yerbol Tleşov qozoq alifbosining 25 harfdan iborat yangi variantini taqdim etdi. "Tengrinews" şu haqida ma'lum qildi. 

Lotin yozuviga ötiş böyiça işçi guruh iştirokçilaridan biri Majilisdagi çiqişida yangi alifbo variantini taqdim etdi. 

"Yangi yozuvga ötiş bir harfni boşqasiga almaştirişni anglatmaydi. Bu alifboning avvalgi variantlarida yöl qöyilgan töğri yozişga oid kamçiliklarni tuzatişdir. Şu munosabat bilan, bizningça, alifbo va uning tadbiq etilişi orfografiyaning yangi qoidalarini yaratişni taqozo etadi. Taklif qilingan variantda lotin alifbosining faqat asl harflari olingan", - deya ta'kidladi filolog.