Ötgan oyda Yevropa yangi avtomobillar savdosida eng yaxşi natijaga erişgan bozorlar Top-5 ligi e'lon qilindi. Unga köra, avgust oyida Germaniyada eng köp maşina sotilgan, deb xabar qilmoqda «Avtostat» agentligi. Ötgan oyda bu mamlakatda 253 679 avtomobil sotilgan bölib, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 3,5 foizga köp demakdir. 

Bu boradagi ikkinçi örin Rossiyaga nasib etgan. Tahlilçilarning ma'lumotlariga köra, 2017 yil avgust oyida bu davlatda 122 500 dan ortiq avtomobil sotilgan. Ekspertlarning qayd etişlariça, Rossiya «Yevropa reytingi»da öz pozitsiyasini yaxşilaşiga yoz mavsumida boşqa mamlakatlarda yangi avtomobillarga bölgan talabning pasayişi sabab bölgan. 

Öziga xos reytingning uçinçi örnida Fransiya joylaşdi. Bu yerda avgust oyida jami 107 455 yangi yengil avtomobil xarid qilingan bölib, bir yil avvlgi körsatkiçdan 9,4 foiz köp demakdir. Undan söng, 83 363 dona avtomobil sotilgani bilan Italiya (ösiş 15,8 foiz) bormoqda. Ta'kidlanişiça, uşbu raqam Italiya uçun 2009 yildan buyongi eng yaxşi natijadir. 

Kuçli beşlikni Buyuk Britaniya 76 433 donalik körsatkiç bilan (-6,4 foiz) yakunladi. Britaniya avtobozoridagi pasayiş beşinçi oydirki davom etmoqda.