Fitch xalqaro reyting agentligi mutaxassislari Özbekiston banklari davlat kapitali bilan ta'minlanganligi uçun, sömning qadrsizlanişidan xoli deb hisoblaydi, deb yozmoqda Kommersant.uz.

Özbekiston banklarining kapitali, yuqori valyuta kredit portfeli körsatkiçlari tufayli, sömning devalvatsiyasi salbiy oqibatidan himoyalangan.

Fitch agentligining hisobotida qayd etilişiça, milliy valyutaning qöqqisdan qadrsizlanişi, katta hajmda AQŞ dollari nominalidagi mablağga ega hamda valyuta kreditlaşda yuqori uluşga ega banklarning kapitaliga örtamiyona ta'sir körsatadi.

Özbekistonning davlat banklari (Özsanoatqurilişbank, Asaka, Mikrokreditbank va Agrobank) muntazam ravişda davlat kapitali bilan qöllab-quvvatlanadi. Şuningdek ularga rekapitalizatsiya dasturiga köra, Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hamda Moliya vazirligidan 500 mln. dollar va 1,2 trln. söm mablağ ajratilgan.

“Katta miqdordagi dollar mablaği davlat banklarida milliy valyutaning kelgusi devalvatsiyasi vaziyatida kapitalning rağbatlantirilişini kuçaytirişi lozim “, — deydi Fitch mutaxassislari.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 5 sentabridan respublikada valyuta siyosati liberallaştirildi. Markaziy Bank fuqarolarga erkin ravişda söm va xorijiy valyutani almaştirişga ruxsat berdi.

Rasmiy kurs 1 dollar uçun 8100 söm deb belgilangan. Şu tariqa MB milliy valyutaning bozor körsatkiçini rasmiylaştirdi. “Özbekiston havo yöllari”, GM Uzbekistan va mobil operatorlar xizmat xaqini faqat sömda hisoblayapti.