Bangladeş prezidenti Abdul Hamid BMT yoki Islom hamkorlik taşkiloti homiyligida Myanma hududidan kelgan qoçqinlar uçun «xavfsiz hudud» taşkil qilişni taklif etdi.

U Ostonada ötgan IHT sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşuv vaqtida şunday fikr bildirgan.

Dakka bosim ostida
Prezident Bangladeş kabi aholisi ziç yaşaydigan davlat köp miqdordagi qoçqinlarni qabul qilişi qiyinligini qayd etib, Myanmani öz xalqini ortga çaqirib olişga çaqirgan.

BMT hisoblariga köra, ayni vaqtda Bangladeşda Myanmaning Rakxayn viloyatidan kelgan 270 mingdan ortiq rohingyalar joylaşgan. Bangladeş boş vaziri şayx Hasin ham bundan avvalroq Myanma hukumatini rohingyalarni ortga çaqirib olişga da'vat etgandi.

Bangladeş TIV rahbari Abul Hasan Mahmud Ali esa elçixonalar vakillari uçun brifing ötkazdi. Şundan söng, u Rakxayndagi voqealarni genotsid sifatida baholadi. Uning sözlariga köra, ikki hafta içida u yerda 3 ming kişi halok bölgan. Rasmiy ma'lumotlarda esa bu miqdor 400 nafarga yaqin, deb körsatilgan.

«Faqat rasmiy Neypido bu inqirozni hal qilişi mumkin. Biz rohingyalarning vakillari iltimosiga köra Myanma bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazamiz. Biz uruş qilmaymiz, çunki, bu heç qaçon muammoni hal qilmaydi», deya vazirning sözlarini keltirgan Bangladeş matbuoti.

Savdo aloqalari davom etmoqda
Mahmud Ali Bangladeş va Myanma avval ham bunday kelişuvlarga erişgani haqida eslatib ötgan. 1992 yilda Myanma Bangladeşdagi 237 ming qoçqin rohingyalarni qabul qilgan. Vazirning sözlariga köra, ayni vaqtda Bangladeşda kelib çiqişiga köra Rakxayndan bölgan 700 mingga yaqin qoçqinlar yaşamoqda. Ularning 300 ming nafarga yaqini keyingi ikki haftada Bangladeşga kelgan.

Mavjud vaziyat savdoga ta'sir qilmoqda. Dhaka Tribune naşri ma'lumotiga köra, keyingi vaqtlarda röy berayotgan hodisalar ikki davlat örtasida savdo aylanmasini oşiriş böyiça rejalarni amalga oşirişni keyinga qoldirgan. Şu bilan birga, Bangladeş savdo vaziri Tofail Ahmad Myanma bilan savdo aloqalarini uziş rejasi yöqligi haqida ma'lum qilgan. Avvalroq Maldiv şunday yöl tutgandi.

Myanma harbiylari va xavfsizlik kuçlari avgust oyi oxiridan buyon Rakxayn ştatida rohingyalarga qarşi amaliyotlarni amalga oşirib kelmoqda. Uşbu amaliyotlar 25 avgust kuni rohingya jangarilari Rakxayn ştatida bir neçta politsiya postlariga va armiya kazarmalariga muvofiqlaştirilgan hujumlarni amalga oşirganidan söng boşlanib ketgan. Hujum vaqtida 400 kişi halok bölgan - şundan 30 nafari politsiyaçilar. Turli ma'lumotlarga köra, Bangladeşga 146 mingdan 300 ming nafargaça odam qoçib ötgan.