Özbekiston Myanmadagi vaziyat, ayniqsa uşbu mamlakatda musulmon ozçilikni taşkil etuvçi rohingyalarga nisbatan zöravonlik holatlari haqidagi xabarlarni taşviş bilan qarşi oldi. Bu haqda Özbekiston TIVning seşanba kuni e'lon qilingan bayonotida aytilgan.
«Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va BMT Nizomida belgilab qöyilgan tamoyillar, şuningdek Islom hamkorlik taşkiloti maqsad va vazifalariga tayangan holda Özbekiston zöravonlikning har qanday körinişini qoralab, irqi, teri rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boşqa qaraşlari, millati yoki ijtimoiy kelib çiqişi, mol-mulki, biror tabaqaga mansubligi yoki jamiyatdagi örnidan qat'i nazar, har bir insonning barça huquq va erkinliklari sözsiz ta'minlanişini yoqlab çiqadi», — deyilgan bayonotda.
«Şu munosabat bilan biz Myanma hukumatini begunoh musulmonlarga qarşi zöravonliklarga barham beriş va ularning oldini oliş uçun barça zarur çoralarni qöllaşga çaqiramiz», — deya qayd etiladi xabarnomada.
TIV, şuningdek Özbekiston hukumati myanmalik qoçqinlar ehtiyojlari uçun gumanitar yordam yuboriş töğrisida qaror qabul qilganini bildirgan.







