13 sentabrda AQŞ senati Iroq va Afğonistonda jangovar harakatlar olib borişga ruxsatni bekor qilişdan boş tortdi. Bu ruxsatlar mos ravişda 2001 va 2002 yildan beri amal qilib keladi.

Operatsiyalarni töxtatiş taklifi Kentukki ştatidan respublikaçi-senator Rend Pol tomondan kiritilgandi. U bundan avvalroq “noqonuniy, e'lon qilinmagan va nokonstitutsiyaviy uruş”ga qarşiligini aytgandi.

Polning taklifini 100 senatordan faqatgina 30 foizi qöllab-quvvatladi, qolgan qismi esa qarşilik bildirdi.

AQŞ Afğonistonda “Tolibon” harakati va “Al-Qoida” terrorçilik guruhi jangarilariga qarşi harbiy operatsiyani 11 sentabrdagi teraktlardan keyin 2001 yilda boşlagan. Iroqdagi operatsiya esa 2003 yilda boşlangan va Saddam Husayn tuzumi ağdarilgandan keyin tugatilgan.