Sovetlar Ittifoqi armiyasi podpolkovnigi, 1983 yilda yadro uruşining oldini olgan Stanislav Petrov 2017 yilning may oyida hayotdan köz yumdi. Bu ma'lumotni «Zvezda» telekanaliga uning öğli tasdiqlagan. «Ha, men tasdiqlayman, u mayda vafot etdi», - dedi Dmitriy Petrov.
«Sovuq uruş»ning eng asosiy qahramonlaridan biri bölgan 77 yoşli Petrov vafot etgani haqida Germaniyaning WAZ gazetasi 14 sentabr kuni yozdi. Keyinçalik, 18 sentabr kuni Amerikaning The New York Times gazetasi ham maqola e'lon qildi. Naşr ma'lumotlariga köra, Petrov 19 may kuni Moskva viloyatining Fryazinosidagi öz uyida zotiljam kasalligi tufayli hayotdan köz yumgan.
1983 yilda podpolkovnik Petrov, ogohlantiriş tizimi AQŞ hujum qilgani haqida xabar berganida, markazga bu haqda aytmaslikka qaror qilib, bu texnik xatolik ekanini taxmin qilgan. Uning taxmini töğri bölib çiqdi, hamda aksariyatning fikriça, Petrov şu tariqa yadro uruşining oldini olgan. Suriştiruv işlarida aniqlanişiça, datçiklar bulutdan aks etgan quyoş nurlarini Amerika raketasining uçirilişi, deb qabul qilgan.
2014 yilda 1983 yilgi hodisalarga bağişlangan film ekranlarga çiqdi. Kartina daniyalik rejissyor Piter Entoni tomonidan suratga olingan bölib, «Olamni qutqargan inson» deb nomlandi hamda unda podpolkovnik özining rolini öynab bergan. Şuningdek, filmda Kevin Kostner, Robert De Niro, Mett Deymon, Eşton Katçer, Nataliya Vdovina va Sergey Şnirev rol ijro etgan.

«Olamni qutqargan inson» (2014) filmiga posterdan lavha

«Olamni qutqargan inson» (2014) filmidan kadr

Stanislav Petrov Fryazinodagi kvartirasida, 2015 yil










