AQŞ Harbiy-havo kuçlari Sierra Nevada korporatsiyasi bilan yadroviy uruşdan omon qoliş qobiliyati tufayli «Qiyomat kuni samolyoti» deb nomlanuvçi yangi samolyotni quriş böyiça 13 milliard dollarlik şartnoma tuzdi. 

Reuters xabariga köra, Survivable Airborne Operations Center (SAOC) loyihasi 1970 yillarda qurilgan, hozir eskirgan, xizmat muddati 2030-yillar boşida tugaydigan samolyotni almaştirişga möljallangan. 

Samolyot ustidagi işlar Kolorado, Nevada va Ohayo ştatlarida olib boriladi va ular 2036 yilda yakunlanişi kutilmoqda. 

Qayd etilişiça, operatsion talablarni qondiriş uçun qurol tizimi harbiy talablarga muvofiq takomillaştirilgan va modifikatsiyalangan reaktiv samolyotning tijorat hosilasidan iborat böladi. 

Qöşma Ştatlardagi bugungi «Qiyomat kuni samolyoti» E-4B Nightwatch hisoblanadi. Odatda AQŞ Mudofaa vazirini taşiş uçun foydalanilsa-da, samolyot yadroviy portlaşlar va elektromagnit ta’sirlarga bardoş bera oladigan mobil qömondonlik punkti sifatida işlab çiqilgan. U favqulodda vaziyatlarda AQŞ prezidenti tomonidan harbiylarga buyruq yetkaziş imkonini beradi. 

E-4B yonilği zaxirasini havoda töldiriş imkoniyatiga ega, konferensiya va brifing xonalari, şuningdek, ilğor aloqa uskunalari bilan jihozlangan. 

Harbiy havo kuçlari hozir törtta E-4B samolyotini boşqaradi, ulardan kamida bittasi doimiy ravişda parvozga tayyor turadi.