Maktab binosi va öquv xonalarining körinişi öquvçilarning ta'lim olişiga katta ta'sir körsatişi mumkin ekan. Şu darajadaki, Amerika arxitektura instituti (AIA) bu borada maxsus qömitasiga ega böldi - u dunyoning eng yaxşi öquv muassasalarining me'morçiligini örganiş va fikr almaşiş maqsadida tuzilgan. Qömita 2017 yilgi Design Facility Design Award uçun eng çiroyli innovatsion öquv dargohlarini tanladi. CNN uşbu muassasalar suratlari va ularga oid ba'zi ma'lumotlar bilan bölişdi.
1. Turfa ranglar jilosi va egri-bugri yönalişlar - Singapurdagi Nanyan boşlanğiç maktabining öziga jalb qiluvçi jihati hisoblanadi. Ranglarning öquv jarayonlariga ahamiyati juda katta, bu borada hatto qator tadqiqotlar ham ötkazilgan.

2. Tokiodagi Fyuji bolalar boğçasi. Bu yerda sinf xonalarining örtasida ham daraxt ösib çiqqan bölişi mumkin. Oçiq kengliklar jamoaviy xatti-harakatlar uçun ayni muddao.

3. Los-Anjyelesdagi 9-sonli örta maktabda öquvçilar har xil xonalarda tahsil olişadi. Şunga qarab, qanday öquv muhiti öquvçilarning yaxşiroq bilim olişi uçun xizmat qilişini örganiş mumkin.

4. Ispaniyadagi Roldan şaharçasida joylaşgan davlat maktabi yaşil "gilam" bilan qoplangan. Har bir xona muayyan yönalişda ta'lim olişga möljallangan.

5. Şotlandiyaning Glazgosidagi Hazelwood School maktabida közi ojiz va kar-soqov öquvçilar ta'lim oladi. Bino öquvçilarning harakatlanişi uçun qulayliklar bilan ta'minlangan.











