Samarqand şahridagi 12-son oilaviy poliklinikada aholini onlayn tarzda elektron röyxatga oliş tizimi ya'ni «Elektron poliklinika» dasturi örnatilib, işga tuşirildi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga viloyat SSB matbuot xizmati.

Viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasining «Yagona elektron röyxatga oliş va internet tarmoq orqali şifokor qabuliga yoziliş «Elektron poliklinika» avtomatlaştirilgan axborot tizimini işga tuşiriş töğrisida»gi buyruği asosida iş boşlagan Samarqand şahar 12-son oilaviy poliklinikada bugungi kunda poliklinika hududida yaşovçi fuqarolarning yagona tibbiy kartasi yaratilmoqda.

Bu poliklinika hududida yaşovçi aholi röyxatdan ötib, respublikamizning barça tibbiyot muassasalaridan özining kasallik varaqalaridan elektron tarzda foydalaniş imkoniyatini beradi.

Mazkur «Elektron poliklinika» dasturi orqali endilikda poliklinikada röyxatda turuvçi fuqarolar Soğliqni saqlaş vazirligining ssv.uz rasmiy veb-sayti orqali poliklinikada faoliyat yuritayotgan şifokorlar qabuliga onlayn tarzda navbat talonini olişlari mumkin.

Yaratilgan bu kabi qulaylik nafaqat şifokorlarimiz, balki fuqarolarimizning ham vaqtlarini behuda yöqotmasligini ta'minlaydi.

Şuni aytib ötiş joizki, poliklinikaning kutiş zalida örnatilgan monitorlarda fuqarolar öz navbat tartib raqamini kuzatib turiş imkoniyatlari yaratilgan.

Yana bir qulaylik — bemor şifokor qabuliga oldindan navbat olmay kelgan bölsa, poliklinikaning özida elektron tarzda navbatda turadi. Buning uçun har bir taşrif buyuruvçi maxsus örnatilgan qurilma orqali öz tartib raqamini olib, monitorda navbati qaçon kelişini kuzatib borişi mumkin. Kutiş vaqtini foydali taşkil qiliş ham e'tibordan çetda qolmadi. Ya'ni poliklinika hududida wi-fi zona taşkil etilgan bölib, navbatini kutayotgan fuqaro bepul internet orqali salomatlikka doir foydali ma'lumotlar bilan tanişib boradi.