Argentinada sobiq prezident Kristina Kirşnerni davlatga xiyonatda ayblagan sobiq prokuror Alberto Nisman öz joniga qasd qilmagani, balki öldirilgani ma'lum böldi. Bu haqda jandarmeriya bayonotiga iqtibos keltirgan holda Nacion naşri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, 200 sahifalik bayonotni tuzişda iştirok etgan turli sohalarda faoliyat yurituvçi 24 mutaxassis Nismanga ikki kişi hujum qilib, uning boşiga urib, söngra organizmiga ketamin kiritib, boşiga öq uzişgani haqidagi xulosaga kelişgan. Ularning tadqiqotiga köra, prokuror ölgan vaqt avval aytilgandan farq qiladi. Hujjat şu kunlarda boş prokuror va oliy sudyaga taqdim qilinişi kerak.
Avvalroq Argentina oliy sudi mamlakatni 2007-2015 yillar davomida boşqargan Kirşnerga nisbatan Nisman bildirgan davlatga xiyonat qiliş va jinoyatlarni yaşiriş ayblovi bilan tergov boşlanişini qöllab-quvvatlagandi. Kirşner himoyasi şikoyat qilib, işni yopişni talab qilgan.
Nisman prokuror bölgan vaqtda 1994 yilda Buenos-Ayresda yahudiylar madaniy markazidagi portlaş işini tergov qilgan. U Kirşner va taşqi işlar vaziri Ektor Timermanni portlaşga aloqador bölganlikda ayblanayotgan eronliklarning "jazolanmasligini ta'minlaş maqsadida til biriktirganlikda" ayblagan. Keyinroq Nisman öz xonadonida ölik holda topilgan. Tergov hozirça bu öz joniga qasd qiliş yoki suiqasd bölgani borasida bir töxtamga kela olmayapti.









