Dominikada "Mariya" dovulidan halok bölganlar soni 30 kişiga yetdi, deb xabar bermoqda Telesur telekanali. 

Avvalroq 15 kişi halok bölgani va 20 kişi bedarak yöqolgani ma'lum qilingan.

Telekanal ma'lumotlariga köra, 15 kişi mamlakat poytaxtidan janubda joylaşgan  Puente Mişel degan joyda halok bölgan. 90 foizga yaqin uy tomsiz qolgan, köplab hududlarda hanguzgaça suv va elektr ta'minoti izdan çiqqan holda qolmoqda.

"Mariya" dovuli ayni vaqtda 2-xavflilik toifasigaça pasayib, AQŞning Atlantika sohillari böylab şimolga qarab yönalmoqda. Dovul öz yölida Puerto-Riko, Dominika, Gvadelupa, Gaiti, AQŞ Virginiya orollari va Dominikanada turli talofatlar qoldirgan. Dovul Puerto-Rikodan ötayotganda uni kuçi 4-xavflilik toifasini taşkil qilgan.