Dominika respublikasi Lotin Amerikasida pandemiya boşidan beri saylovlar ötayotgan ilk davlat böldi. 5 iyulda bu davlatda kim prezident bölişi hal qilinadi. Prezident saylovlari dastlab 17 mayga belgilangan, biroq markaziy saylov komissiyasi qaroriga köra 5 iyulga köçirilgan.
Biroq bu saylovlarni tinçroq şaroitlarda ötkazişga yordam bermadi. Bir kun avval respublikada koronavirusga çaliniş böyiça yangi rekord qayd qilingan bölib, sönggi sutkada kasallanganlar soni 1036 nafarni taşkil qilgan. Umumiy hisobda esa mamlakat böyiça koronavirusga çalinganlar soni 36 mingdan oşib ketgan. Komissiya saylovlarni köçiriş böyiça qarorni qabul qilganda kasallaniş holatlari ança kamroq bölgan.
Hukumatning koronavirus bilan boğliq vaziyatni eplay olmayotgani ham saylovçilar kayfiyatiga ta''sir qilgan. Sörovnomalarning körsatişiça, ular 6 yil avval taşkil etilgan “Zamonaviy inqilob partiyasi” vakili Luis Abinaderni köproq qöllab-quvvatlaşmoqda. Abinader yaqinda koronavirusni boşdan keçirgani ham uning aholi tomonidan köproq qöllab-quvvatlanişiga omil bölgan. Uni respondentlarning 53 foizi qöllab-quvvatlaşga tayyorlik bildirgan.
Şuningdek, prezident lavozimiga Dominika ozodlik partiyasidan Gonsalo Kastilo va amaldagi prezident Leonel Fernandes da'vogarlik qilmoqda. Ta'kidlaş joiz, sörovnomaga köra, Kastiloni respondentlarning 35 foizi, amaldagi prezidentni esa bor-yöği 12 foizi qöllab-quvvatlaşini bildirgan. Yana 3 nomzod - Gilermo Moreno, Xuan Koen va Ismael Reyyes yetakçilardan ança ortda qolmoqda.
Agar saylovlar natijalari sörovnomalarniki kabi bölsa, yangi prezident birinçi bosqiçdayoq saylanadi.
Prensa Latina naşrining ta'kidlaşiça, saylovlar davomida şuningdek vitse-prezident, 32 senator va 190 deputat ham saylanadi. Saylovlarda iştirok etiş huquqiga 7,5 mln kişi ega.












