Star Trek ilmiy-fantastik serialining universal tarjimoni tez orada haqiqatga aylanişi mumkin. Xitoyning Baidu qidiruv giganti işlab çiqaruvçilari sayyohlarning Osiyo mamlakatlari va ingliz tilida sözlaşuvçi joylar böylab safarini yengillaştiruvçi qurilmani işlab çiqarişga kirişişdi. Qurilmaning işlaş tamoyili "Yulduzli yöl" seriali qahramonlari foydalanuvçi muqobil qurilmani yodga soladi. Hi-News şu haqida xabar berdi. 

Ha, smartfonlar uçun universal tarjimon-ilovalar funksiyalari bir-biriga öxşaş, biroq Baidu'ning gadjyeti telefon batareyasini sarflamaydi va doim xizmatga tayyor turadi, smartfonlardagi dasturlarni esa vaqti-vaqti bilan yangilab turiş kerak. 

Bundan taşqari, Baidu'ning tarjimoni Wi-Fi ulaşa oladi, zero u internetga ulaniş imkoni bilan ta'minlangan. Tarjimon köp joy olmaydi, uning oğirligi bor-yöği 150 grammdan iborat. 

Baidu'da tarjimonlarni faqat sotiş emas, balki foydalanuvçilarga ijaraga beriş ham rejalaştirilmoqda. Bu esa Xitoyga xizmat safari bilan kelgan, tilni mutlaqo tuşunmaydiganlar uçun ayni muddaodir. Qurilmalarning sotuv va ijarasi  dastlab Xitoyda, keyin esa Yaponiya bozorida yölga qöyiladi. Tarjimondagi tillar soni va uning narxi haqida hozirça ma'lumot berilmadi. 

«Star Trek» serialini köp jihatdan başoratçi deyiş mumkin - birinçi marta unda köringan texnologiya va gadjyetlar vaqt ötgaç televizor ekranlaridan real hayotga köçmoqda.