Moskva Basman sudi Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) axborotçisi Grigoriy Rodçenkovni qamoqqa oliş töğrisida sirtdan order berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti sud matbuot kotibi Yunona Tsarevaga asoslangan holda.
"Sud sirtdan uşlaş çoralarini qölladi", - degan u.
Tsareva sözlariga köra, Moskva aksildoping laboratoriyasining sobiq rahbariga RF JKning 201-moddasi 2-qismi (mansab vakolatlarini suiiste'mol qiliş oğir oqibatlarga olib kelgan bölsa) bilan jinoiy iş qözğatgan.
Hibsga oliş muddati 2 oy etib belgilangan. Rodçenkovning Rossiya sportida ommaviy dopinglar qöllaş dasturi borligi haqidagi bayonoti rossiyalik sportçilarni yirik xalqaro turnirlardan çetlatişga olib keldi.
Şundan söng, WADA tergov ötkazib, XOQga barça rossiyalik sportçilarni Olimpiada öyinlaridan çetlatişni tavsiya qildi. Rossiya rasmiylari Rodçenkov bayonotini butunlay rad etadi.








