Hozirda faoliyatini professional ringda davom ettirayotgan özbekistonlik boksçi Fazliddin Ğoibnazarov (8-1-0, 5 KO) 5 dekabr kuni özining navbatdagi jangini ötkazdi.
Rossiyaning Yekaterinburg şahrida bölib ötgan jangda Fazliddinga Pyatigorsk şahrilik Manuk Dilanyan (11-4-1, 4 KO) raqiblik qildi.
Fazliddin raqibining aniq zarba berişiga imkoniyat qoldirmadi. Sakkiz raund bölib ötişi möljallangan jangning 3–raundida Dilanyan jigariga berilgan kuçli zarbadan söng referi hisobni oçdi. Uni tanaffusga çalingan bong qutqarib qoldi.
Butun jang davomida ustunlik qilgan özbekistonlik boksçi hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga köra ğolib deb e'lon qilindi.
Ğoibnazarov sönggi bor 2019 yil dekabrda jang ötkazgan va ukrainalik Vladislav Baranovni birinçi raunddayoq nokautga uçratgandi.

















