Professional ringda muvaffaqiyatli faoliyat körsatayotgan özbekistonlik boksçi Fazliddin Ğoibnazarov uçinçi jangida ham ğalaba qozondi.

Ğoibnazarov 22 sentabr kuni AQŞda meksikalik Viktor Rosas bilan jang ötkazdi. Bellaşuvda hamyurtimiz işonçli harakat qilib, ğalaba qozondi. Toni Zayno hakamlik qilgan jangda Fazliddin Ğoibnazarov Rosasni oçkolar böyiça mağlubiyatga uçratdi.

Ğoibnazarovning jangdan söng KUN.UZ naşriga ma'lum qilişiça, jang kutilganidan ança qiyinroq keçdi.

“Raqibim ança kuçli edi, menga biroz qiyinçilik tuğdirdi. Biroq, oçkolar böyiça ğalaba qozondim. Jangda meni qöllab-quvvatlab turgan barça yurtdoşlarimizga minnatdorçilik bildiraman”, - dedi boksçi.

Ma'lumot uçun: Rio olimpiadasidagi ğalabadan söng professional boksga ötgan Fazliddin bundan avvalgi ikki jangda Viktor Vaskez va Agustin Maurasni mağlubiyatga uçratgandi.

Ba'zi ma'lumotlar köra, Fazliddin Ğoibnazarovning keyingi jangi joriy yilning dekabr oyida bölib ötadi.