2016 yilgi Olimpiada çempioni Fazliddin Ğoibnazarov (8-1, 5 KO) Olmaotadagi boks keçasida ringga çiqdi.
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida iştirok etayotgan özbekistonlik boksçiga ukrainalik Vladislav Baranov (6-5-2, 4 KO) raqiblik qildi. Sakkiz raundga möljallangan jang birinçi raunddayoq Ğoibnazarovning ğalabasi bilan yakunlandi: uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan boksçi Baranovni kuçli zarbasi bilan qiyin ahvolga solib qöydi va referi texnik nokaut holatini qayd etdi.
Şu tariqa, Fazliddin profi-ringdagi ğalabalari sonini 8taga yetkazdi, şundan 5tasi — muddatidan avvalgi ğalabalar.
Eslatib ötamiz Fazliddin Ğoibnazarov professional faoliyatidagi yagona mağlubiyatini şu yilning mayida Maykal Foksdan (21-1, 5 KO) qabul qilib olgandi, u amerikalik boksçiga qarşi keçgan 10 raundlik jang yakunida oçkolar hisobida imkoniyatni boy berib qöygandi.

















