Internetda Yer sirtining 30 km balandlikdan olingan havaskorlik videosi paydo böldi.
Britaniyaning Mirror naşri xabar berişiça, denverlik (AQŞ, Kolorado ştati) stratosferaga içida geliy bölgan meteorologik zondni uçirgan va unga GoPro kamerasi hamda GPS-trekerni mahkamlab qöygan. 30 km balandlikda zond bölaklanib ketgan va şundan keyin tasvirga oliş yakunlangan.
Meteorologik şarlar (zondlar) odatda ob-havo prognozini tuziş hamda harbiy maqsadlarda qöllanadi. Ularga havo bosimi, harorat, namlik va şamol tezligini qayd qiluvçi turli qurilmalar mahkamlanadi. Bunday qurilmalar 40 km gaça balandlikka uça oladi, biroq ularning konstruksiyasi kuçli bosimga doş berolmay, havoda qismlarga bölaklanib ketadi.







