Amerikaning Sceye kompaniyasi katta hududlarda aloqa va internet xizmatlarini körsatişga möljallangan HAPS dirijablini sinovdan ötkazdi.

HAPS - geliy bilan töldirilgan 65 metrli ekipajsiz havo kemasi. U vertikal ravişda havoga kötariladi va ma’lum bir balandlikda va koordinatalarda harakatlana oladi. U korpusi böylab joylaştirilgan quyoş panellaridan quvvat oladi.

Sinov parvozi 15 avgust kuni amalga oşirildi. Dirijabl kunduzi yoruğlik vaqtida batareyalarini quvvatlantiriş qobiliyatini namoyiş etdi. U töplangan energiyani 18,5 ming metr balandlikda tun böyi havoda qoliş uçun işlatdi.

Sceye umid qiladiki, kema bir neça oy davomida uzluksiz parvoz qila oladi va Yerning sivilizatsiyadan eng uzoqda joylaşgan qismlari aholisiga keng polosali Internetdan foydalaniş imkoniyatini beradi. Kompaniya, şuningdek, stratosfera havo kemasidan iqlim va atrof-muhitdagi özgarişlar, örmon yonğinlari va boşqa tabiiy ofatlarni kuzatiş uçun foydalaniş niyatida.

Qurilma allaqaçon 20 ta sinov parvozini amalga oşirgan va Sceye joriy yil oxirida yana ikkita parvozni amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Agar hamma narsa reja böyiça ketsa, bunday dirijabllar kelgusi yilda tijoriy foydalanişga topşiriladi.