Singapurlik olimlar ilk bor birinçi boşqariluvçi havo şarini uçirişmoqçi. Havo şari stratosferaga odam yetkazadi, deb ma'lum qildi havo şarini işlab çiqqan kompaniya In.Genius rahbari Lim Sen. Bundan taşqari, uning aytişiça, parvoz uçun 26 nomzodan biri tanlab olingan.

Ğoyaga köra, uçuvçi ulkan havo şariga mahkamlanadigan maxsus kapsula – stratostatda havoga kötariladi. Kapsulada barqaror bosim va 25-17 daraja harorat uşlab turiladi. Bu uçuvçiga dengiz sathidan 19200 metr balandlikka kötarilişga yordam beradi. Maxsus moslamasiz bunday balandlikda odamning qoni qaynab ketişi mumkin.

Uşbu loyihani 2015 yilda Singapur taşkil topganining 50 yilligiga bağişlab amalga oşiriş közda tutilgan. Biroq nimadir risoladagidek ketmay, kompaniya stratostatni qurişni yakunlay olmagan va fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasining uçişga ruxsatini ololmagan. Bir yildan keyin uçuvçisiz sinov kapsulasi havo şari yordamida uçirilgan, keyinroq esa stratosferaga siçqonlar yuborilgan. Siçqonlar stratosferada 1,5 soatça bölgan. 

Hozir esa uçuvçi navbati keldi. Havo şari Avstraliyaning Alis-Springs şahri yaqinidan uçiriladi. Loyiha qiymati 7,6 mln dollarga baholangan.